🏋️ Xorazmda Og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o'rtasida O‘zbekiston kubogi va “Markaziy Osiyo” ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda
Xorazm viloyatining Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi va "Markaziy Osiyo" ochiq chempionati musobaqalari boshlandi. Ushbu yirik sport musobaqasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Turkiyadan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. Musobaqalar U20 yoshlar (yoshlar va qizlar) hamda kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir 12 sentabr kunigacha davom etadi....
10-сен 2025 yil