
![]() | O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4881-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xorazm viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Nuroniylar jamg'armasi Xorazm viloyati bo'limi hamda viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida faxriylar o'rtasida kurash musobaqasi o'tkazildi. Xorazm viloyati kurash mahorat maktabi bazasida o'tkazilgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. |
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Salayev San’atbek Kamilovich, Xorazm viloyati prokurori Ahmedov Muradxon Musaxonovich hamda Nuroniy jamg'armasi Xorazm viloyati bo'limi raisi Sultanov Rustam Sultanovichlar musobaqa ishtirokchilariga omad tilab qizg'in va murosasiz bellashuvlardan zavq oldilar. Yakunda g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. | ![]() |

