×
10-сен 2025 yil 102

FIFA Prezidenti Milliy futbol markazi imkoniyatlariga yuksak baho berdi

       
       FIFA Prezidenti Janni Infantino bugun Yuqori Chirchiq tumanidagi Milliy futbol markazida ham boʻldi. Rasmiylar tashrif davomida FIFA Prezidentiga majmuaning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

     Zamonaviy markaz bir vaqtning oʻzida 6 ta terma jamoaning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish imkoniyatini beradi. Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun toʻrtta tuzilma tashkil etildi. Bular - Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazidir.

Futbol tibbiyoti va reabilitatsiyasi boʻlimiga xorijiy uskunalar olib kelingan, eng ilgʻor uslublar oʻzlashtirilgan. Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida jismonan tiklanish imkoniyatini beradi.

Janob Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida mazkur kompleksning bunyod etilishi natijasida oʻzbek futbol kelgusida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech