Xiva shahar, Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda Xorazm viloyati Kurash mahorat maktabi va Urganch dzyudo sport mahorat maktabida “O‘zbek tili bayrami” haftaligi keng nishonlandi.
Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasida 1989-yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Haftalik doirasida o‘quvchilarda ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va ijodiy chiqishlar o‘tkazildi.
![]() | ![]() |







