
![]() | Xorazm viloyatining Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi va "Markaziy Osiyo" ochiq chempionati musobaqalari boshlandi. |
Ushbu yirik sport musobaqasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Turkiyadan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. | ![]() |

Musobaqalar U20 yoshlar (yoshlar va qizlar) hamda kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir 12 sentabr kunigacha davom etadi.

