Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi. 11-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 93 mamlakatidan 600 nafardan ortiq sportchi, jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Musobaqada viloyatimiz jamoasi quyidagi tarkibda qatnashadi:Erkaklar:
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
Ayollar:
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.