×
05-окт 2026 yil 8

Xorazmlik qizlar O‘zbekiston kubogida ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Surxon vohasida gandbol bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kunida Xorazm viloyati U-20 qizlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasini 28:27 hisobida mag‘lub etdi.

Xorazmlik gandbolchilar kecha Buxoro viloyati jamoasini 36:30 hisobida taslim etgan edi.

Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech