×
25-сен 2026 yil 5

Xorazmlik chim ustida xokkeychi qizlar — kumush medal sohibi



Poytaxtimizda 20–25-sentabr kunlari chim ustida xokkey bo‘yicha U-18 qizlar jamoalari o‘rtasida 2026-yilgi O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Davraviy tizimda o‘tkazilgan musobaqada Xorazm viloyati U-18 terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida Xorazmlik xokkeychilar Andijon (3:0), Sirdaryo (5:1), Farg‘ona (4:2) va Toshkent (4:1) viloyatlari jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Buxoro viloyati jamoasiga qarshi bahsda esa imkoniyat boy berildi.

Terma jamoamiz a’zolarini ushbu natija bilan tabriklaymiz!

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech