×
22-сен 2026 yil 25

Aichi-Nagoya–2026: Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlari medallarini tantanali qabul qilib olishdi



Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida oʻtkazilayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari ham oʻz medallarini qabul qilib oldilar.

Tantanali taqdirlash marosimida aralash jang sanʼati bahslarining modern yoʻnalishida Firdavs Atamuradov (-60 kg)  muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo oʻyinlarining kumush medali bilan mukofotlandi. Modern yoʻnalishida -71 kg vazn toifasida mahorat koʻrsatgan Nodirbek Shavkatov esa musobaqaning bronza medali bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech