×
21-сен 2026 yil 9

Aichi-Nagoya-2026: Nodirbek Shavkatov — bronza medali sohibi!

O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi.

Aralash jang san’atining modern yo‘nalishi, -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xorazmlik Nodirbek Shavkatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz yarim final bahsida Qozog‘istonlik Qodirbek Shinbayevga imkoniyatni boy berib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.

Nodirbek Shavkatovni ushbu natija bilan muborakbod etamiz!

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech