×
13-окт 2026 yil 18

G‘alabali jangdan so‘ng Boburbek Bobojonov Urganchda tantanali kutib olindi


Xabaringiz bor, joriy yilning 10-oktabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida Xorazmlik sportchi, “Manguberdi avlodlari” klubi a’zosi Bobojonov Boburbek Otabek o‘g‘li (YAKSTISM tarbiyalanuvchisi) Rossiyalik Xoxlov Aleksandr Aleksandrovichga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi.


Bugun sportchimiz Urganch temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida sportchining yaqinlari, Xorazm viloyati sport boshqarmasi, murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Boburbek Bobojonovga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech