×
09-окт 2026 yil 42

Urganchda suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi



Xorazm viloyati Urganch shahridagi Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida U-13 kichik o‘smirlar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.


Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.

Chempionat joriy yilning 11-oktabriga qadar davom etadi.


Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech