×
09-окт 2026 yil 3

Sportchi yoshlar bilan uchrashuv


Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova markazda parasport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech