
![]() | ![]() |
Xorazm viloyatida sport ta’limi muassasalari rahbarlari va viloyat sport boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

![]() | ![]() |
Unda Sport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Buxarov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova hamda Xorazm viloyati prokuraturasining mas’ul xodimi Bahodir Yuldashevlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sport sohasida kuzatilayotgan korrupsion xavflar va ularning oldini olish choralari tahlil qilindi. Shuningdek, qonunchilik talablariga rioya etish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsion holatlarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.



