
Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Yaponiyada o‘tkaziladigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Musobaqa dasturiga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi bahslar 18-sentabrdan 2-oktabrgacha, erkaklar o‘rtasidagi bahslar esa 20-sentabrdan 3-oktabrgacha davom etadi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibidan Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shug‘ullanuvchisi Shahzoda Zaripova ham joy oldi. U murabbiy Qunduz Madrahimova shogirdi.
🇺🇿 Terma jamoalarimizga Osiyo o‘yinlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!