
![]() | ![]() |
Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida stol tennisi bo‘yicha kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida U-11 hamda U-13 yosh toifalarida Xorazm viloyati kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashib, mahorat va iqtidorlarini namoyish etdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.

