×
14-сен 2026 yil 19

Xivada kikboksing bo‘yicha “Xorazm Open 2” ochiq musobaqasi o‘tkazildi

11–13-sentabr kunlari qadimiy Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmuasida kikboksing bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Xorazm Open 2” ochiq musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun bahslashib, o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etdilar.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova hamda O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Normetov musobaqani yaqindan kuzatib bordilar. Shuningdek, yakunda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech