
![]() | Yoshlar kuni munosabati bilan Xiva shahrida sportchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. |
Unda O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi A. Salayev hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Ibragimov ishtirok etdi. | ![]() |
Xiva shahar sport maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.


