×
08-сен 2026 yil 13

XORAZMDA BUTUNJAHON TAEKVONDO KUNI NISHONLANDI



Bugun Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida 4-sentyabr — Butunjahon taekvondo kuni munosabati bilan 400 nafardan ortiq yosh taekvondochilar ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar va fleshmob tashkil etildi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda Xorazm viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston Taekvondo WT Assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi hamda trener-seleksionerlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida yosh sportchilar tomonidan ushbu sport turining o‘ziga xos jihatlarini namoyon etuvchi texnik usullar, maxsus mashqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Bugungi kunda taekvondo yoshlarni intizom, iroda, sabr-toqat va o‘ziga ishonch ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Xorazmda ham ushbu sport turi izchil rivojlanib, iqtidorli yosh taekvondochilar respublika va xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishib kelmoqda.

Barcha sport ixlosmandlarini Butunjahon taekvondo kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

https://t.me/xorazmsporti
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech