
![]() | Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida 6 kun mobaynida bo'lib o'tgan Chim ustida xokkey bo'yicha U-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasi o'z yakuniga yetdi. Murosasiz va qizg'in bellashuvlar ostida kechgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 200 nafarga yaqin sportchilar g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra Xorazm viloyati jamoasi Andijon bilan kechgan final bellashuvlarda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni esa Andijon viloyati jamoasi, uchinchi o'rin Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash maqsadida Sport vaziri o‘rinbosari, Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Avazjon Karimov ham ishtirok etdi. |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |