
![]() | Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. |
Tashrif davomida, Kozim O‘rinboyxo‘jayev viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova bilan uchrashdi. Uchrashuvda, Los Anjeles-2028 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari, sportchilarni seleksiya va saralash uchun viloyatimizni belgilangan tumanlarida velosport bo‘limlari ochish, Urganch shahrida velosportning “BMX Racing” turiga mo‘ljallangan velodrom qurish, Gurlan tuman sport maktabini velosportga ixtisoslashtirish va tumandagi bitta maktabni namuna sifatida velosportga ixtisoslashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. | ![]() |
