
![]() | Kuni kecha, Davlatimiz rahbari raisligida Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi. |
Videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan sport sohasini rivojlantirish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan, Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Nodira Djumaniyazova Gurlan tuman sport maktabining tarkibidagi sport majmuada o'rganish olib bordi. | ![]() |
![]() | O'rganish davomida, muassasadagi ish faoliyati, sport infratuzilmasi, mashg'ulot jarayoni va inshootning tamirlanishi lozim bo'lgan qismlarini ko'zdan kechirdi, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni tegishli mutaxassislar bilan bog'lanib bartaraf etish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. |


