×
28-июн 2024 yil 80

Karate WKF terma jamoasi sportchilari va trenerlari turkiyalik murabbiy ishtirokida oʻquv-mashgʻulot yig'inlari olib borishmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–356-son qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, ayni kunlarda Oʻzbekiston karate WKF assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa sportchilari va trenerlari uchun Turkiya karate WKF assotsiatsiyasidan jalb qilingan taniqli murabbiy Paydar Ali ishtirokida 5 kunlik oʻquv-mashgʻulot yig'inlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi oʻquv-mashgʻulotlari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtdi. Bu kabi tajriba almashinuvi kelajakda sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishiga zamin yaratadi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech