
"Yoshlar kuni" munosabati bilan navbatdagi uchrashuv Bog'ot tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova tuman sportchi yoshlari bilan uchrashdi.
Tuman sport maktabida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.