×
12-дек 2024 yil 52

Viloyat sport boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o'tkazildi



     Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

  Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Xorazm viloyat sport boshqarmasida ham “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʼtkazildi. Tadbir “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan tashkil etildi.

 “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida boshqarmaning tegishli sho'ba va bo'lim boshliqlari tomonidan korruptsiyaviy holatlarni oldini olish, sohadagi manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik kabi mavzularda suhbat o'tkazildi va shu kungacha amalga oshirilgan ishlar ko'rsatib o'tildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech