sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Endilikda sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi


  

   Hukumat qarori bilan (309-son) “Sportchilarga sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Unga ko‘ra, Sport pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan ko‘rsatiladi.
16 yoshga to‘lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

Cport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo‘lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

• bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;
• sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;
• tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;
• sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
• qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

   Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHM ning 1/6 qismi (55 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi.

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер