sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 1-turi yakunlandi

Regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 1-turi yakunlandi. 

Toshkent shahrida o'tkazilayotgan regbi-7 boʻyicha kattalar jamoalari oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining 1-turi yakuniga yetdi. Ushbu chempionatda ishtirok etgan viloyatimiz erkaklar terma jamoasi barcha raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Yigitlarimiz final bahsida, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani 2-o'rin bilan yakunlashdi. Shuningdek, ayollar terma jamoamiz umumiy natijalarga koʻra, 3-o'rinni egalladilar.

Eʼtiborlisi, Yangiariq tuman sport maktabi treneri Asadbek Ollanazarov chempionatning eng yaxshi himoyachisi va Urganch OPSTTM "Regbi" boʻlimi 11-sinf oʻquvchisi G'ayratbek Rajabov eng yosh hujumchi nominatsiyalariga sazovor boʻlishdi.

Maʼlumot oʻrnida, kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati g'olib va sovrindorlari 3 ta turning umumiy natijalariga muvofiq aniqlanadi.



Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер