sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi



     Joriy yilning 17-18-fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tomonidan VI Xalqaro etnosport forumi tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazir Adham Ikramov Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Tashrifi doirasida Sport vazir A. Ikramov hamda Turkiya yoshlar va sport vaziri Osmon Ashkin Bak oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Sport vaziri o'rinbosari M.Ismoilovning oʻtgan yili Turkiyaga tashrif doirasida kelishib olingan Oʻzbekistondagi sport obyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni olib kirish, “Sportoto” tizimini oʻrganish va oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sohada tajriba almashish yuzasidan ikki davlat vazir oʻrinbosarlarining hamkorligini yanada kuchaytirish, universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kelishib olindi.

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер