sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi


Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi. Ishchi gurux o'rganish ishlarini dastlab Urganch dzyudo sport mahorat maktabining moddiy-texnik bazasi bilan tanishishdan boshladi.

Shuningdek, Urganch shahridagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati bilan tanishdi, jumladan ishlarni samarali tashkil etilganligi, moddiy-texnik bazasi hamda olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.
Yakunda, Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi shart-sharoitlar va sportchi-o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarning ijtimoiy holati o‘rganildi.


Tahlillar jarayonida Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Mahmudov bilan mutaxassislar, sportchilar, ularning ota-onalar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda viloyatning tuman va mahallalaridan kelgan murojaatchilarning taklif va istaklari, yechimini kutayotgan bir qator masalalari boʻyicha Xorazm viloyati sport mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Bartaraf etishda muayyan vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyatining tajribali sport mutaxassislari, murabbiylar, faollar bilan uchrashuvlar asnosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasidagi vazifalarni hayotga tatbiq etish, mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tizimli oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni tanlash, yoʻnaltirish, ragʻbatlantirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.



Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati. 

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер