sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

OʻFA rahbariyati Xorazmda futbolni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

OʻFA rahbariyati Xorazmda futbolni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Xorazm viloyatida futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastlab Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Joʻrabek Rahimov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mazkur hududda futbol infratuzilmasini yaxshilash, uning ommaviyligini oshirish va bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
Xorazm sport majmuasida oʻtgan yigʻilishda viloyat futbol assotsiatsiyasi faoliyatini samaradorligini oshirish, mahalliy futbol jamoalarining ichki chempionatda  muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Yigʻilishda Xorazm viloyati futbol assotsiatsiyasiga birinchi vitse-prezidenti etib Maqsud Karimov tayinlandi va uning oldiga bolalar-ommaviy va ayollar futbolini yuqori darajaga olib chiqish, iste‘dodli futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy talablarga mos sharoitlar yaratish, terma jamoalarimizga nomzodlar yetishtirish kabi yuqori vazifalar belgilandi.
Yangibozor hamda Xivadagi futbol maktabi, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatining faoliyati, infratuzilmasi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar oʻrganib chiqildi. Ayrim masalalar boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Futbol jamoatchiligi va mas’ullar bilan suhbatda oʻlkada isteʼdodli yoshlar koʻp ekanligi, ularni toʻgʻri yoʻnaltirib, zamonaviy standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi taʼkidlandi. Oldinda turgan rejalar muhokama qilindi.


Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati. 

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер