sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Para pauerliftingchilarimiz rekord natija qayd etishdi


        Joriy yilning 13-17-dekabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida sportning Para pauerlifting turi bo'yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. 4 kun davom etgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida bosh sovrin Xorazm viloyati jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan esa Namangan viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari joy oldi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada Xorazm viloyatining yoshlar terma jamoasi jami 17 ta (6 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza), kattalar jamoasi esa jami 10 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza) medallarini qo‘lga kiritib, medallar sarhisobi bo‘yicha rekord natijani ko‘rsatishdi.

Yoshlar jamoasi:

🥇oltin
41kg Salayeva Hayotxon
45kg Karimberganova Oyshajon
50kg Yoldosheva Zilola
55kg Usarova Aziza
90kg Yo'ldoshev Jasur
+97kg Yusupboyev Behruz

🥈kumush
41kg Berdiyeva Sultonposhsha
54kg Yusupbayev Elyor
59kg Shokirboyev Behruz
61kg Farxodova Bahoroy
65kg Farxodov Elbek
67kg Sadullayeva Ijobat
72kg Rustamov  Temur
80kg Axmedov Muxammad

🥉bronza
45kg Egamberganova Saboxon
55kg Ozodboyeva Hulkaroy
65kg Otajonov Polvon

Kattalar jamoasi:

🥇oltin
72kg Axmedov Sherali
79kg Durdiyeva Farangiz

🥈kumush
44kg Karimova Lobar
55kg Yunusova Zuhra
61kg Xalilova Maftuna

🥉bronza
49kg Ro‘zmetov Sirojiddin
55kg Yusupova Sevinchoy
67kg Karimova  Maftuna
73kg Yuldosheva Shahrizoda
+107kg Rajabov Xolmurod




Parasportchilarimizni yutuqlar bilan muborakbod etamiz !

Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi axborot xizmati.

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер