sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida yig'ilish o'tkazildi



   O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida yig'ilish o'tkazildi. Mazkur yig'ilish davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma’noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi. Shu boisdan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini to‘liq ta’minlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.

Boshqarma yuriskonsulti M.Axmedov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yuzasidan ma’ruza va taqdimotlar qilindi.

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер