sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi hayʼat yigʼilishi bo'lib o'tdi

      

       Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdham Ikramov raisligida hayʼat yigʼilishi bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qoʼmitasi, Milliy Paralimpiya qoʼmitasi, vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va idora mutasaddilari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdham Ikramov raisligida bo'lib o'tayotgan hayʼat yigʼilishida yoshlar va sport sohasidagi tizimning har bir yoʼnalishi tanqidiy koʼrib chiqildi.

 «Mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlashga har qachongidan ham koʼproq eʼtibor qaratilmoqda»

       Hayʼat yigʼilishi jarayonida Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdkham Ikramov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoуevning koʼrsatmalari asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifasi inson qadri ekanligini taʼkidlab, oʼtgan yildan boshlab, har chorakda sohaga oid eng muhim 50 ta topshiriqning hududlardagi ijrosini reyting baholash tizimi yoʼlga qoʼyilganligi, bu Yoshlar siyosati va sport tizimi rahbarlari va xodimlarining masʼuliyati va ish samaradorligiga baho berishga yetarli boʼlayotganligiga toʼxtalib oʼtdi. Bundan tashqari, joriy yilning ikkinchi yarmida hududlarda ijro etilishi lozim boʼlgan qariyb 4 mingga yaqin topshiriqlar vazirlikdan joylarga tushirildi.

Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar va sport harakatini yagona tizimga birlashtirdi

        Biroq, kamchiliklar ham yoʼq emas. Hayʼat yigʼilishida taʼkidlanganidek, ommaviy sportni mahalladan boshlab rivojlantirish boʼyicha yaxlit bir tizim yaratildi. Yildan-yilga “Besh tashabbus olimpiadasi” tarmogʼi va qamrovi kengayib bormoqda. 
Bu orqali yiliga 6 milliondan ortiq yoshlar qamrab olinib, ular munosib ragʼbatlantirib borilmoqda. Joriy yildan musobaqalarning respublika bosqichi ishtirokchilarining yoʼl, yashash va ovqatlanish xarajatlari toʼliq markazlashtirildi.

Hududiy bosqichgacha yetib kelgan qariyb 29 ming nafar yoshlarga zarur sport jihozlari va formalari tarqatildi.
Hududiy va final bosqichda gʼolib va sovrindor boʼlgan 7 mingdan ortiq yoshlarga sport ekipirovkalari hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi. Bundan tashqari, respublikada gʼolib boʼlgan jamoalar uchun ularning mahallalarida shu kungacha 735 ta namunaviy sport maydonchalari qurib berildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” tizimi yoʼlga qoʼyilganiga sal kam 2 yil boʼlgan holatda yoshlar va sport harakati yagona tizimga birlashtirildi. Lekin bu boradagi ayrim ishlarda sustkashliklar borligi ham koʼzga tashlanayotganligi sir emas. 

“Besh tashabbus olimpiadasi” tizimidagi musobaqalarni shaffof oʼtkazish uchun alohida elektron platforma tashkil qilingan. Bunda, yoshlar yetakchilari va sport masʼullari elektron platforma orqali ishtirokchilarni roʼyxatga olish, jamoalarni shakllantirish va ularning natijalarini kiritib borilishi tanqidiy ta’kidlandi.

Erishilgan sport natijalari hudulardagi umumiy holatni koʼrsatib berdi

       Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizim tashkilotlarining mutasaddilari, Milliy va Paralimpiya qoʼmitalari rahbarlari ishtirokida davom etayotgan hayʼat yigʼilishida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz muvafaqqiyatli ishtirokini tashkil etish boʼyicha juda koʼp masalalar borligi bildirildi. Maʼlumki, joriy yil iyul-avgust oylarida “Universiada” oʼyinlari, avgustda MDH oʼyinlari va sentabr-oktabr oylarida yozgi Osiyo va Para Osiyo oʼyinlari boʼlib oʼtdi. Osiyo oʼyinlarida sportchilarimiz 20 ta sport turidan jami 71 ta (22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza) medal qoʼlga kiritib, Oʼzbekistonning Osiyo oʼyinlaridagi rekordini yangiladi. 

Osiyo oʼyinlari tarixida Oʼzbekiston sport delegatsiyasi ilk bor qilichbozlik sport turining sablya yoʼnalishida ayollar jamoaviy dasturi va dzyudochi ayollar oʼrtasida oltin, ayollar kurashi va boksi boʼyicha bronza medallari qoʼlga kiritildi.

Futbol boʼyicha erkaklar jamoasi 29 yildan soʼng bronza, oʼq otish sport turining aralash jamoaviy dasturida sportchilarimiz 25 yildan soʼng kumush, karate WKF sport turida 17 yildan soʼng oltin medallarga ega chiqdi.

Para Osiyo oʼyinlari tarixida Oʼzbekiston sport delegatsiyasi birinchi marta para kanoe, para akademik eshkak eshish, para taekvondo, para velosport va para shaxmat kabi sport turlaridan musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Birgina para kanoe boʼyicha ishtirok etgan 6 nafar sportchimizning barchasi oltin medalni qoʼlga kiritdi va bu bilan Para Osiyo oʼyinlari rekordini oʼrnatdi. Mana shu kompleks musobaqalarning oʼzi ham qaysi hududda sport muhiti qanday ekanligini koʼrsatib berganligi bilan ahamiyatli ekanligi hayʼat yigʼilishi davomida bildirib oʼtildi. Xususan, bu yilgi kompleks musobaqalar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinganda Samarqand yetakchilik qilgan boʼlsa, eng past koʼrsatkich Jizzax (qoʼlga kiritilgan jami 10 ta medaldan 1 tasi oltin) va Namangan viloyatlariga (jami 12 ta medaldan 1 tasi oltin) toʼgʼri kelmoqda. Yoki, joriy yilning bugungi kuniga qadar oʼtkazilgan kompleks va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz qoʼlga kiritgan jami 394 ta medallarda eng kam ulush Jizzax, Navoiy va Surxondaryo (3%dan) viloyatlari hisobiga toʼgʼri kelmoqda.

Xuddi shunday, 13 ta olimpiya sport turlari boʼyicha oʼtkazilgan jahon chempionatlari alohida olib qaralganda, 61 ta medal qoʼlga kiritilgan. Lekin, mazkur musobaqalarda Qashqadaryo viloyati birorta ham medal qoʼlga kirita olmagan, shuningdek Navoiy viloyati 1 dona bronza medali bilan kifoyalangan.

Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi axborot xizmati.

Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер