sayt test rejimida ishga tushirildi!

Aa Aa

“Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar o'tkazildi.

Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar o'tkazildi. Seminarda boshqarmaning yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining maqsad va vazifalari, ta’lim muassasalarida uchrayotgan ayrim noxush, qonunbuzilish va korrupsiya xolatlari va ularning oldini olish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida to'liq ma'lumot berib o'tildi. 

MANFAATLAR TO'QNASHUVINING KELIB CHIQISHINING ASOSIY SABABLARI:

- xodimning shaxsiy manfaatdorligi (masalan, mansabparastlik, garazg‘uylik, ko‘raolmaslik, past niyatlar va boshq.);

- xodimning yaqin qarindoshlariga nisbatan manfaatdorligi (qarindoshlarning g‘araz manfaatlarini ta'minlash, ularning biron-bir mavqeiga ega bo‘lishiga noqonuniy yordam berish, ular oldida maqtanish, tanish-bilishchilikni yaratish va boshq.).

KORRUPTSIYANING QUYIDAGI TURLARI MAVJUD:

MAISHIY KORRUPTSIYA - davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida fuqarolar va davlat xizmatchilari o‘rtasida vujudga keladigan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik. 
BIZNESDAGI KORRUPTSIYA - tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardagi korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar. 
HOKIMIYATDAGI KORRUPTSIYA - davlat hokimiyat organlarida mansabdor shaxslari tomonidan sodir qilinadigan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik. 


Korruptsiya - Bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”. 


O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi


Davlat xizmatlari

Nomi Yangilari Jarayonda Tugallanganlar Rad etilganlar To'lov jarayonida Bekor qilingan Barcha
Sport-ta'lim muassasalarining trener-o'qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish 40 112 4333 1467 224 224 6400

Murojaatlar statistikasi

394

Tushgan arizalar

361

Hal qilingan arizalar

26

Jarayondagi arizalar

0

Rad etilgan arizalar

Отправьте нам сообщение Бизнес-мессенджер